O‘zbekiston Davlat universitetida o‘qish ham Sharof uchun oson kechdi. U tezda mehnatsevarligi va yuqori bilimga egaligi bilan talabalar orasida hurmatga sazovor bo‘ldi.
TАLАBАLIK DАVRIDА SАMАRQАND VILOYATI “LENIN YO‘LI” GАZETАSIGА MАS’UL KOTIB SIFАTIDА ISHGА KIRDI HАMDА SHE’RLАR VА HIKOYALАR YOZISHDА DАVOM ETDI. NАTIJАDА TEZ ORАDА SHАROF RАSHIDOV NАFАQАT GАZETXONLАR, BАLKI UNING АDАBIY ISTE’DODINI QАDRLАGАN PROFESSIONАL JURNАLISTLАR VА YOZUVCHILАRNING E’TIBORINI TORTDI.
Sharof Rashidovning publiеsistik asarlari hamisha zamon ruhida bo‘lib kelgan.
30-yillarda O‘zbekiston bir tomondan paxtani qayta ishlash, ipakchilik, to‘qimachilik fabrikalari qurilayotgan yirik sanoat markaziga, boshqa tomondan – asosiy paxta yetkazib beruvchi hududga aylandi, shu davrda respublikada kolxoz tizimi tashkil etildi.
Butun mamlakat jadallik bilan birinchi besh yillik rejalarini bajarishga kirishdi (SSSR xalq xo‘jaligini rivojlantirishning besh yillik rejalari Sovet Ittifoqi iqtisodiyotining jadal rivojlanishini o‘z ichiga olgan iqtisodiy rejalardir. Ular maxsus tashkil etilgan davlat organi (SSSR Davlat plan komiteti – Gosplan) tomonidan markazlashgan va umummilliy miqyosda KPSS rahbarligida ishlab chiqilgan).
YOSHLAR SANOATDA ISHLASH UCHUN OMMAVIY RAVISHDA TEXNIK TA'LIM OLISHDI, KATTA AVLOD KOLXOZLARDA ISHLARDI, MARKAZDAN MUTAXASSISLARNING KATTA OQIMI O‘ZBEKISTONGA KELA BOSHLADI.
Sharof Rashidov bularning barchasini cheksiz qiziqish bilan kuzatib bordi. Ayniqsa, Katta Farg’ona kanali qurilishi jarayonidagi vatandoshlarining jasorati uni cheksiz ruhlantirdi (1939 yil 1 avgustdan boshlangan xalq hashari bilan Katta Farg’ona kanali juda qisqa muddat – 45 kunda qurib bitkazilgan. Shundan keyin Katta Farg’ona kanali 1940 yilda Tojikiston hududida yana uzaytirildi. Xalq hasharida 180 ming nafar ishchi va dehqon hamda 3000 nafar muhandis-texnik xodim qatnashdi. O‘zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston hududidagi 500 ming gektar sug’oriladigan yerlarning suv ta'minoti yaxshilandi, yangi yerlarni o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi).
Biz isyon ko‘tardik, cho‘l-qumga qarshi
To‘g’onlar-la jilovlaymiz sho‘x daryolarni,
Qo‘llar ila yaratamiz dengiz-ko‘llarni
Bepoyon dashtlarga keladi bahor
Bog’lar gullab, chamanzorlar ochilar
Cheksiz cho‘llar aro paxtazor bo‘lar.
(yigirma yoshli Sharof Rashidov she'ri).
Sharof Rashidov keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida voyaga yetdi, tarbiya oldi, o‘z xalqi bilan tanishdi, hayotiy va siyosiy tajriba orttirdi.