uz
ru en
MenuChiqib ketish

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Urush (1941 - 1945)

Urush (1941 - 1945). FARHOD GESI VA USMON YUSUPOV

SHAROF RASHIDOV JAROHAT OLIB, FRONTDAN QAYTIB KЕLGACH, BIR YILGA YAQIN JIZZAXDAGI MAKTABDA O‘QITUVCHI BO‘LIB ISHLADI VA SO‘NG FARHOD GIDROELЕKTRSTANSIYASI QURILISHIGA JALB ETILDI.
Qattiq jarohati tufayli chap qo‘li endi miltiqni ushlab turolmasa-da, ammo yozuvchi va jurnalistning qalamini juda yaxshi ushlar edi. U Farhod GESi qurilishida ishtirok etishga qat’iy qaror qildi va u yerga xizmat safariga jo‘nab ketdi.
RAFIQASI XURSANDOY XOTIRALARIDAN: “SHAROF AKA QURILISH MAYDONCHASIDA PARTIYA TASHKILOTCHISI BO‘LIB, DOIMIY RAVISHDA FARHOD GESIDAGI BOY KUTUBXONADAN FOYDALANGAN. BIR KUNI KUTUBXONADA KITOB O‘QIB O‘TIRIB, UNGA BUTUN VUJUDI BILAN KIRISHIB KЕTGANIDA, TO‘SATDAN KIMNINGDIR “BU YIGIT KIM?”, DЕGAN OVOZI ESHITILADI. SHAROF-AKA ORQASIGA O‘GIRILIB, SALOMLASHADI. BIR GURUH ODAMLAR QURSHOVIDA BALAND BO‘YLI, BAQUVVAT ODAM TURGANINI KO‘RDI, U KISHI XUDDI O‘ZI BILAN GAPLASHAYOTGANDЕK SAVOL BЕRADI: “BU ASKAR YOQIMLI YIGIT EKAN. KIMSAN, O‘G’LIM?”.

Farhod GESiga kelgan Usmon Yusupov bilan Sharof Rashidovning birinchi uchrashuvi shu tariqada bo‘lib o‘tgan ekan. Keyinchalik Sharof aka bu haqda hayajon bilan bir necha bor aytib bergan. Usmon Yusupov qayta-qayta savollar beradi, shundan so‘ng yordamchisiga qarab, deydi: “O‘rtoq Rashidov haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan yozib oling. Toshkentga borganimizda, u haqida menga eslatib qo‘ying".

SHAROF RASHIDOVNING YANGI ISHGA TAYINLANISHI

Oradan bir yil o‘tib, 1944 yil iyul oyida Sharof Rashidov O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand oblast komitetining kadrlar bo‘yicha sekretari lavozimiga saylandi. Bu lavozim pillapoyasidagi navbatdagi ko‘ratilish bo‘lib, u Sh.Rashidovning yutuqlariga asoslangan edi:

Birinchidan, muharrirlik paytida u odamlarni tushunadigan va ular bilan ishlashga qodir bo‘lgan rahbarning ajoyib fazilatlarini namoyon etdi;

Ikkinchidan, o‘sha yillari mamlakat partiya organlarida tajribali kadrlar tanqisligi keskin sezilayotgan bo`lib, partiya Rashidov kabi yosh va front tajribasiga ega kadrlarga muhtoj edi.