uz
ru en
MenuChiqib ketish

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Urush (1941 - 1945)

Urush (1941 - 1945). GO‘RI AMIR VA URUSHNING BOSHLANISHI

1941 yil iyun oyida Sharof Rashidov o‘qishni viloyat “Lenin yo‘li” gazetasida muharrirlik bilan birlashtirgan holda, Samarqand Davlat universitetida diplom ishini himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Urush arafasidagi Sh.Rashidov ishtirok etgan so‘nggi muhim jurnalistik ish – Go‘ri Amir maqbarasida Temuriylar qabrlarining ochilishi bo`ldi.

AMIR TEMUR QABRINING OCHILISHI

Sovet hukumati Amir Temur va uning avlodlari jasadlarini o‘rganish va Jahongirning qiyofasini tiklash uchun qabrlarini ochishga qaror qildi. Biroq, dindorlar bunday shakkoklikka qat’iyan qarshi edilar.

Shunga qaramasdan, 1941 yil iyunda SSSR hukumatining Amir Temur va uning qarindoshlari qabrini ochish to`g`risidagi qarori qabul qilindi.
Qabrni ochish 1941 yil iyun oyining ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan edi. Ushbu aksiyani amalga oshirishi kerak bo‘lgan tadqiqotchilar guruhiga O`zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisining o`rinbosari, shuningdek, akademik T.N. Qori-Niyozov, yozubchi S.Ayniy, sharqshunos olim A.A. Semyoov, haykaltarosh-antropolog M.M. Gerasimov kiritildi. Ekspeditsiya a`zolari siatida arxeologlar V.A. Shishkin va Ya. G`uiomov, adabiyotshunos Hodi Zarif, yozuvchi M.I. Sheverdin, antropolog L.V. Oshanin ishtirok etdi. Jarayonni suratga olish kinooperator Malik Qayumovga topshirildi.
Ammo mashhur qabrga kirishni istaganlar sezilarli darajada ko‘proq bo‘lishdi. Ular orasida 23 yoshli Sharof Rashidov ham bor edi, u maqbaraga ushbu voqeani gazetada yoritish uchun kelgan. Bu juda noyob voqea hisoblangan va jurnalist sifatida u maqbaraga kirishga intilgan.

KINOOPERATOR MALIK QAYUMOV XOTIRALARIDAN: “MEN QABRGA KIRGAN TEXNIK XODIMLARDAN BIRI EDIM. HATTO O‘ZBEKISTONNING YUQORI MANSABDOR SHAXSLARI HAM U YERGA BIR NECHA DAQIQAGA KIRISHLARI MUMKIN EDI. AMMO TANISH JURNALIST, MAHALLIY GAZETA MUHARRIRI, NIMA BO‘LAYOTGANINI KUZATISHI UCHUN UNI YORDAMCHI QILIB OLISHIMNI ILTIMOS QILDI. BU INSON SHAROF RASHIDOV EDI”.

Tимурнинг уруш бошланиши ҳақидаги башорати

Amir Temur qabri 1941 yilning 21 iyun kuni ochilgan – keyinchalik afsona deb hisoblangan voqealarga qaramay, guruhning arqonlari vaqti-vaqti bilan uzilgan, chiroq bir necha bor o‘chgan va Malik Qayumovning hikoyalariga ko‘ra, uning oldiga sirli qariyalar kelishgan va ekspeditsiya a’zolarini qadimiy kitobdagi “Buyuk Temurning xokiga tegma, aks holda urush boshlanadi” degan so‘zlar bilan ogohlantirishgan. Qabrda tizza qopqog’ida katta g’urrasi bo‘lgan oyoq suyagi topildi – bu hayoti davomida oqsoqlangan Amir Temur haqiqatan ham shu qabrga dafn etilganligining birinchi isboti edi.
Qabrda tizza qopqog’ida katta g’urrasi bo‘lgan oyoq suyagi topildi – bu hayoti davomida oqsoqlangan Amir Temur haqiqatan ham shu qabrga dafn etilganligining birinchi isboti edi.
1941 YIL 22 IYUN KUNI MAMLAKATNING BARCHA RADIOSTANSIYALARI FASHISTLAR GERMANIYASINING SOVET ITTIFOQI HUDUDIGA BOSTIRIB KIRGANINI E’LON QILDI VA ODAMLAR URUSH BOSHLANISHINI AMIR TEMUR QABRINING OCHILISHI BILAN BOG’LASHDI. SHUNDAY QILIB, SHAROF RASHIDOV KO‘PCHILIK URUSH BOSHLANISHINING MISTIK SABABI DEB XISOBLAGAN EKSPEDISIYAGA GUVOH BO‘LDI.
Аmir Temur qabrining ochilishi haqidagi Sharof Rashidovning maqolasi hech qachon chop etilmadi, umumiy mobilizatsiya boshlandi, talabalar va universitet professorlar-o‘qituvchilarining bir qismi frontga jo‘nadi. Urushdan keyin esa Sharof Rashidov bu mavzuda hech qachon gap ochmagan.