Urush (1941 - 1945). SHAROF RASHIDOVNING MUKOFOTLARI
IKKITA QIZIL YULDUZ ORDENI BILAN TAQDIRLANISHI
Moskva ostonasidagi janglardagi jasorati va Leningradni ozod qilishda qatanshgani uchun Sharof Rashidov ikkita Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. “Pena va Аrinino qishloqlari uchun janglarda, komandir safdan chiqqanida, rota politruki oʼrtoq Rashidov rota komandirligini o‘z zimmasiga oldi va shaxsiy qahramonlik namunasini ko`rsatib, jangchilarni qo‘mondonlik topshirgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga ilhomlantirgan, jangda rotaning oldingi safida bo‘lgan va yaralangan”, deyiladi SSSR Mudofaa vazirligi arxividan olingan hujjatda.
Sharof Rashidov o‘zining mukofotlangani haqida Sverdlovsk viloyati Revda shahridagi harbiy gospitalda davolanayotganda bilib oldi. Jarohat ogʼir boʼlib chiqdi, snaryad parchasi yurakning yonginasidan o‘tgan, shu sababli uzoq tiklanishdan keyin Sharof Rashidov demobilizatsiya qilindi.
U YANА MАKTАBDА DАRS BERISH UCHUN O‘Z YURTI JIZZАXGА QАYTIB KELDI. O‘QITUVCHILАR YETISHMАSLIGI TUFАYLI U DIREKTORLIK LАVOZIMINI O‘QITUVCHILIK BILАN QO‘SHIB OLIB BORDI VА АDАBIYOT, RUS TILI, TАRIX KABI BIR NECHTА FАNLАRDAN DАRS BERDI.
Rashidov maktab direktori lavozimida bir yilga yaqin ishladi. Keyinchalik, urushdan oldingi jurnalistik tajribasini inobatga olgan holda, u avvalgi ishiga qaytarildi – xuddi o‘sha Samarqand viloyat “Lenin yoʼli” gazetasiga muharrir etib tayinlandi.
SHAROF RASHIDOVNING MUKOFOTLARI
SHAROF RASHIDOVNING HARBIY MUKOFOTLARI



