uz
ru en
MenuChiqib ketish

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Yetmishinchi yillarning ikkinchi yarimi(1976 - 1979)

Yetmishinchi yillarning ikkinchi yarimi(1976 - 1979). Экспорт, пахта ва коррупция илдизлари

Yetmishinchi yillarning o‘rtalarida O‘zbekiston Afrika va Arab Sharqi mamlakatlari bilan juda faol siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni davom ettirdi. O‘zbekiston turli xil mahsuiotlarni yetkazib berardi. Ularning 90 foizini mashina va uskunalar tashkil qilgan. Masalan, Iroq va Suriyaga katta miqdorda paxta terish kombaynlari va traktorlar, Efiopiya va Suriyaga traktor tirkamalari, Iroqqa ekskavatorlar va transformator podstansiyalari, Suriya va Sudanga dizel dvigatellari, Iroq va Suriyaga nasoslar, Liviyaga, Iroq va Suriyaga simlar va kabellar eksport qilinardi.

ЎЗБЕКИСТОНДА ПАХТА ЭКСПОРТИ МАСАЛАСИ ҲАМОН МУҲИМ БЎЛИБ ТУРАРДИ. БУНИНГ УСТИГА, ҲАР ЙИЛИ БЕЛГИЛАНАЁТГАН ПЛАН ЮҚОРИ ЭДИ.

Ўзбекистон 1966 йилда тўрт миллион тонналик пахта хомашёсини етиштиришга муваффақ бўлганди. 1974 йилда бу кўрсаткич беш миллион тоннага етган бўлса, орадан тўрт йил ўтиб, республика 5 миллион 500 минг тонналик пахта хирмони бунёд этилгани тўғрисида рапорт берди. Аммо 70-йиллар бошида Шароф Рашидов Москванинг олдига пахта етиштириш планини камайтириш зарурлигини айтган: талаб қилинаётган пахта-хомашёси миқдорини уддалашнинг имкони йўқ, демак, қўшиб ёзишга ўтилади. Пахтакорлар планни бажариш учун ёлғон маълумот беришга мажбур бўлади. Аммо Москва пахта планини камайтирмокчи эмасди, чунки СССР пахта етиштириш бўйича дунёнинг етакчи давлатларидан бири эди.
Paxta yetishtiradigan dalalar maydoni barcha ekin maydonlarining deyarli 70 foizini egallab, qishloq xo‘jaligining tabiiy tuzilishini buzdi. Va avvalgidek, paxta sotib olish narxi ishlab chiqarish xarajatlarini zo‘rg’a qoplardi. Paxta yetishtirishni o‘ta yuqori darajada monopollashtirish natijasida muammo yanada og’irlashdi. Bu esa yerning charchashiga, eroziyasiga, tuproq unumdorligining pasayishiga, suv-fizik xususiyatlarining yomonlashishiga olib keldi. Sharof Rashidov 1977 yilda V.I.Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xo‘jaligi fanlari Akademiyasi (VASXNIL) sessiyasidagi ma’ruzasida 1985 yilda Orol dengizi havzasining suv resurslari deyarli tugashini bashorat qilgan edi.
AMMO, BU OGOHLANTIRISHGA QARAMASDAN, PAXTA EKSPANSIYASI DAVOM ETDI VA RAQAMLARNING SOXTALASHTIRILISHIGA SABAB BO‘LDI. PAXTA BILAN BOG’LIQ NOXUSH FAKTLAR HAQIDA MA’LUMOTGA EGA BO‘LGANIDA SHAROF RASHIDOV: “MЕNDAN NIMA ISTAYSIZ? BULARNING BARCHASIGA NISBATAN NIMA QILA OLAMAN?”– DЕGAN EDI.
Шароф Рашидов биографиясида қайд қилинганидек, етмишинчи йиллар бошида у партия-хўжалик фаоллари иштирокида сўзлаган барча нутқларида кимки, пахта етиштириш билан боғлиқ ишларда қўшиб ёзса, ёлғон маълумот берса, жиддий жазоланишини таъкидларди. Унинг бу сўзлари амалга ошмай қолмади: ҳар йили ўнлаб қинғир иш қилганлар суд жараёнига тортиларди. Аммо вазият яхши томонга ўзгармасди – юқори даражадаги план, бундан ташқари, белгиланган топшириқни ноҳалол йўл билан бажариш иллати тобора авж олиб борарди.