uz
ru en
MenuChiqib ketish

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Birinchi sekretari (1959 - 1964)

Birinchi sekretari (1959 - 1964). SHAROF RASHIDOVNING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATI (1962-1964)

1962 yil. Sh.R.Rashidov Kubani Amerikaning ehtimoliy tajovuzidan himoya qilish maqsadida orolga yadroviy raketalarni joylashtirish zarurligi to‘g’risida mamlakat rahbari topshirig’ini bajarish va Fidel Kastroni ishontirishdek juda qiyin vazifa bilan Kuba Respublikasiga yo‘llangan Sovet hukumat delegatsiyasiga bosh bo‘ldi. Missiya muvaffaqiyatli yakunlandi, Kuba rahbariyatining yadroviy raketalarni joylashtirish uchun roziligi olindi. Bundan keyin boshlangan “Karib inqirozi”ni butun dunyo yaxshi biladi. Delegatsiyaning ushbu tashrifi Kuba va O`zbekiston rahbarlari – Kastro va Rashidov o‘rtasidagi samimiy do‘stona munosabatlarning boshlanishi bo‘ldi.
Missiya muvaffaqiyatli yakunlandi, Kuba rahbariyatining yadroviy raketalarni joylashtirish uchun roziligi olindi. Bundan keyin boshlangan “Karib inqirozi”ni butun dunyo yaxshi biladi. Delegatsiyaning ushbu tashrifi Kuba va O`zbekiston rahbarlari – Kastro va Rashidov o‘rtasidagi samimiy do‘stona munosabatlarning boshlanishi bo‘ldi.
1963 yil. Sh.Rashidov partiya-hukumat delegatsiyasi rahbari sifatida Jazoirga tashrif buyurib, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
1964 yil. Sh.Rashidov partiya-hukumat delegatsiyasiga boshchilik qilib Jazoir inqilobining 10 yilligini nishonlashda ishtirok etish uchun u yerga tashrif buyurdi. Ushbu tadbirni nishonlash uchun dunyoning 80 mamlakatidan delegatsiyalar tashrif buyurdi.
1964 YILDA SHAROF RASHIDOVNING O‘ZBЕKISTON KOMPARTIYASI MARKAZIY KOMITЕTI BIRINCHI SEKRETARI LAVOZIMIDAGI BЕSH YILLIK MUDDATI TUGADI. AMMO UNING RЕSPUBLIKA RAHBARI SIFATIDAGI TARIXI ENDIGINA BOSHLANGAN EDI.