SHAROF RASHIDOV QARIYB TO‘QQIZ YIL DAVOMIDA O‘ZBЕKISTON SSR OLIY SOVЕTI PRЕZIDIUMI RAISI LAVOZIMIDI ISHLADI. SHU VAQT ICHIDA U DAVLAT BOSHQARUVINING ZARUR TAJRIBASINI EGALLADI VA MAMLAKAT ICHIDA HAM, TASHQI DUNYODA HAM OBRO‘GA EGA BO‘LDI. SHAROF RASHIDOV FAOLIYATINING MANTIQIY DAVOMI UNING O‘ZBЕKISTONDAGI OLIY PARTIYA LAVOZIMIGA SAYLANISHI BO‘LDI.
Rafiqasi Xursandoy G’ofurovnaning xotiralaridan: “Sharof Rashidovni 1959 yil mart oyida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekreteri etib saylaganini qanday kutib olganimiz haqida gapirib o‘tish o‘rinli bo‘lardi, deb o‘ylayman. Shuni ta’kidlash lozimki, Sharof-aka bilan hamma narsa haqida gaplashish mumkin, ammo undan ish haqida biron bir ma’lumot olish juda qiyin edi. U kishi hech qachon davlat faoliyatini oilaviy ishlar bilan aralashtirmagan. Sharof aka birinchi sekretar etib saylangan kuni oilamiz hech narsadan xabardor emasdi. O‘sha kuni Sharof aka uyga juda kech, yarim tundan keyin qaytdilar. Biz har doim Sharof akaning qayerdaligini, nima qilayotganini bilardik. Lekin o‘sha kuni biz hech narsadan xabardor emasdik. Bizning “Sharof Rashidovich qayerda?” degan savolimizga hammasidan xabardor yordamchilar faqat “uchrashuvda” degan javob berishardi. Bu qanday uchrashuv ekanligini keyinroq bildim. Uyga juda charchab kelgan Sharof aka mening “Nega bu qadar kech keldingiz?” degan savolimga “Bolalar uxlayaptimi?” degan savol bilan javob berdi.
- Allaqachon uxlashdi, - dedim.
- Bo‘lmasam, hammasini uyg’oting, – kutilmaganda buyruqsimon ohangda dedi Sharof aka.
- Hammasinimi? – deb ajablanib so‘radim, chunki o‘sha paytda kenja qizimiz 7 yoshda edi.
- Ha, hammasini uyg’oting, yuvinib olishsin! – deb qaytardilar Sharof aka.
Bu gaplarning ma’nosini tushunay deb ularga nazar solganimda, Sharof aka biroz jilmayib shunday dedilar: "Kelinglar, oilaviy majlis o‘tkazaylik”. Bolalar yuvinib kelishdi, kiyimlarini almashtirishdi va atrofimizda aylanada turishdi. Shundan so‘ng, Sharof aka, xuddi Jizzax maktabida bizga dars berganiday, har bir so‘zni ta’kidlab gapira boshladilar:
“MЕNING SЕVIMLI BOLALARIM! MЕN HOZIR BIR KATTA UCHRASHUVDAN KЕLDIM. BUGUN PLЕNUM BO‘LIB O‘TDI. MЕN RЕSPUBLIKANING BIRINCHI RAHBARI ETIB SAYLANDIM. ENDI BU KATTA LAVOZIMDA ISHLASHIMDA KIMGA ISHONISHIM KЕRAK? AVVALO, SIZ, BOLALARIM, MЕNING YORDAMCHILARIM BO‘LISHINGIZ KЕRAK. BUNING UCHUN NIMA QILISHIMIZ KЕRAK? SIZ MAKTABDA “A’LO” BAHOLARGA O‘QISHINGIZ KЕRAK. BIZNING XATTI-HARAKATLARIMIZ HAMMA UCHUN NAMUNA BO‘LISHI KЕRAK. AGAR OILAMIZDA KUCHLI INTIZOM BO‘LMASA, QANDAY QILIB BOSHQA ODAMLAR ORASIDA INTIZOM HAQIDA GAPIRISHIM MUMKIN?” BOLALAR OTASINI XAFA QILMASLIKKA VA’DA BЕRISHDI VA XONALARIGA QAYTISHDI.
Shundan so‘ng Sharof aka va men yolg’iz qoldik. Men birdan: “Sharof-aka, siz juda og’ir yukni o‘z zimmangizga olibsiz” – dedim. "Xursandoy, meni majbur qilishdi. To‘rt-besh yil ishlayman, keyin yana yozuvchilik ishimga qaytaman” – deb javob berdi Sharof aka. Vazifa juda qiyin. Respublika xuddi botqoqqa cho‘kmoqda. Hokimiyat va amalga tashna ayrim odamlar mamlakatni tanazzulga olib bormoqda. Haqiqatan Vatan haqida qayg’uradigan rahbarlar kam. Poytaxtning ahvolidan xavotirdaman. Bunday go‘zal respublikaning poytaxti qanday bo‘lishi kerak?”
Sharof aka Toshkentni jahonga mashhur shahar, Sharqning buyuk shahri qilish uchun kuch-quvvatini ayamasligini takidlar edi. “Sog’ligingiz bunga imkon beradimi, Sharof aka?” – deb so‘radim (mening bunday savolni berishimga sabablar bor edi). 1952 yilda Sharof aka Moskvada davolandi, va o‘t pufagini oldirib tashlashga majbur bo‘ldi. Keyingi yillarda o‘t pufagining yo‘qligi sezildi, bu Sharof akaning yuzida ham namoyon bo‘ldi.
“ALLOHDAN SOG’LIGIMIZNI SO‘RAYMIZ, XURSANDOY", – DЕB JAVOB BЕRDI SHAROF RASHIDOV.”