uz
ru en
MenuChiqib ketish

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Birinchi sekretari (1959 - 1964)

Birinchi sekretari (1959 - 1964). SHAROF RASHIDOV DAVRIDAGI O‘ZBЕKISTON

O‘zbekiston Kompartiyasi MKning birinchi sekretari lavozimiga saylangan kuniga kelib Sharof Rashidov o‘zining avvalgi rahbarlik tajribasi tufayli o‘z xalqining barcha qiyinchiliklari va g’alabalari bilan yaxshi tanish, respublika turli hududlarining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlaridan xabardor edi.
Rashidov uchun asosiy masala suv tanqisligi bo‘lib, suvsiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish mumkin emasdi.
“Sharof Rashidov haqidagi mening haqiqatim” deb nomlangan esdaliklar muallifi Muxtor G’aniyev shunday yozadi: “RASHIDOV BOSHQARUVI DAVRI O‘ZBЕKISTON TARIXINING ENG MUVAFFAQIYATLI SAHIFALARIDAN BIRI HISOBLANADI. SHU YILLAR DAVOMIDA RЕSPUBLIKADA MIRZACHO‘L, JIZZAX, QARSHI CHO‘LLARIDA IKKI MILLION GЕKTARGA YAQIN YANGI YERLAR O‘ZLASHTIRILDI. QO‘RIQ YERLARNI O‘ZLASHTIRISH CHO‘L HUDUDLARINI KOMPLЕKS RIVOJLANTIRISHNING MAKTABIGA AYLANDI. MAGISTRAL KANALLAR O‘TKAZILDI, SHAHARLAR, SHAHARCHALAR, XO‘JALIKLAR BARPO ETILDI. SUV ZAHIRALARIGA EGA BO‘LISH UCHUN RASHIDOV TASHABBUSI BILAN YILLAR DAVOMIDA O‘NLAB KATTA VA KICHIK SUV OMBORLARI QURILDI”.

Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish

Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish g’oyasi Sharof Rashidovni shunchalik qiziqtirgan ediki, 1960 yili SSSR rahbariyati Mirzacho‘lni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlarni to‘xtatishga qaror qilganida, u bunga qat’iy qarshi chiqdi. Moskvadagi rahbarlar uni eshitishni istamaganida, Sharof Rashidov va O‘zbekiston rahbariyatining bir necha a’zolari shaxsan Xrushchyov bilan uchrashishga erishdilar. Dastlab, Xrushchyov ham Moskvadagi rahbarlar tomonida bo‘lib, cho‘lni o‘zlashtirish davlatdan juda katta – to‘rt milliard rubldan ko‘proq mablag’ talab qilishini, ushbu mablag’lar boshqa rejalar uchun foydaliroq bo‘lishi mumkinligini takidladi. Biroq, Sharof Rashidov va uning hamfikrlari bunga javoban Mirzacho‘l SSSRda paxta yetishtirishni ko‘paytirishning ulkan manbai ekanligini, bu esa xarajatlarni katta miqdorda qoplaydigan yangi moliyaviy daromadlar keltirishini takidlashdi. O‘sha paytda paxta Sovet Ittifoqiga valyuta keltiradigan muhim manbalardan biri edi. Natijada, Xrushchyov bu so‘zlarni anglab, qarorini o‘zgartirdi.

O‘zbekistonning paxta yetkazib berish rejalari yil sayin ortib bordi. N.S.Xrushchyov, “Amerikani quvib yetish va undan o‘tib ketish”ga intilardi va qurg’oqchilikka qaramay, rejalarni oshirardi. Biroq, respublika har yili qo‘yilgan vazifalarni bajarib keldi: 1961 yili 3 million 600 ming tonna, 1962 yili 3 million 607 ming tonna paxta yig’ib olindi va 1963 yili O‘zbekiston 3 million 688 ming tonna paxtani topshirib rekord o‘rnatdi. Paxtakorlar butun mamlakat bo‘ylab qahramonlar sifatida sharaflandi.

SHAROF RASHIDOV O‘ZBЕKISTON KOMPARTIYASI MARKAZIY KOMITЕTINING BIRINCHI SEKRETARI BO‘LGAN DASTLABKI YILLARDA USTUVOR MASALALAR QATORIDA KONCHILIKNI ALOHIDA TA’KIDLADI. UNING TASHABBUSI BILAN MURUNTOVDAGI OLTIN KONINI O‘ZLASHTIRISH BOSHLANDI, U KЕYINCHALIK OLTIN ISHLAB CHIQARISH BO‘YICHA DUNYODA IKKINCHI O‘RINNI EGALLADI. OLTINDAN TASHQARI RЕSPUBLIKA NЕFT, TABIIY GAZ VA KO‘MIR QAZIB OLISHNI DAVOM ETTIRDI, SHUNINGDЕK, URAN QAZIB OLISH HAM BOSHLANDI.
Sharof Rashidov respublikaning energiya salohiyatini ham oshirdi – O‘zbekistonda o‘nlab gidro va issiqlik elektr stansiyalari qurildi.