Birinchi sekretari (1959 - 1964). SHAROF RASHIDOV IJODI
“Romanlarimning asosiy qahramonlari haqida gapirganda, tanqidchilar ularning xatti-harakatlarida Korchaginga xos xususiyatlar borligini ta’kidlaydilar. Menimcha, bu so‘zlarni rad etish kerak emas. Korchagin xarakteri sovet xalqining bir necha avlodida seziladi. Uning asoslari bizning inqilobimizdan, ishchilar sinfi kurashining ulug’vor an’analaridan kelib chiqadi. Ushbu harakatlar doimo yoshlarga katta e’tibor bergan kommunistik partiya tomonidan tarbiyalanadi. Hozirgi kunda shu xarakter kosmonavtlarning jasoratida, BAM quruvchilarining qahramonona mehnatida, paxtakorlar, qo‘riq yerlarni o‘zlashtiruvchilarning ulug’vor ishlarida namoyon bo‘lmoqda. Unda jamlangan holda, aytaylik, moddiylashgan holda, kommunizmning buyuk ishiga sodiqlik ham, yuksak axloq ham, yangi jamiyatn quruvchilarining mislsiz jasorati ham ifodalanadi. Bu bizning zamondoshimiz bo‘lgan sovet kishisining shaxsiyati uchun xosdir” – deb yozgan Sharof Rashidov.



