Xrushchyov davri iliqligi ichki siyosatda ham namoyon bo‘ldi: 1956 yil fevral oyida Xrushchyov KPSS XX s’ezdida birinchi marta Stalin shaxsiga sig’inishni fosh etuvchi tezislarini ovoza qildi.
Sharof Rashidov partiyaning yangi siyosiy kursini qo‘llab-quvvatladi va zudlik bilan O‘zbekistonda qatag’on qilinganlar ishlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritdi.
Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqqa bo‘lgan diplomatik safarlaridan qaytgach, Sharof Rashidov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosiga yo‘llagan xatida sovet davri uchun ancha erkin fikrlarni bayon qiladi. Birinchidan, u respublikadagi dindorlarning his-tuyg’ulariga nisbatan hurmatsizlik munosabatini tanqid qildi, ikkinchidan, odamlar o‘z tarixini hurmat qilishi va undan faxrlanishi uchun o‘z xalqining mumtoz adabiyotiga murojaat qilishlari sabablarini asosladi.
SHAROF RASHIDOVNING XATI DARHOL O‘Z TA’SIRINI KO`RSATDI. BU VOQЕA SSSR TARIXIDAGI YANA BIR HAYRATLANARLI FAKTGA ASOS BO‘LDI – HATTO ASHADDIY ATЕIST BO‘LGAN N.S.XRUSHCHYOV HAM SHAROF RASHIDOVNING INTILISHLARINI MILLATCHILIK VA ISLOMLASHTIRISH SIFATIDA QABUL QILMADI.
Xatni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Byurosi Sharof Rashidov amalga oshirishni taklif qilgan bir qator qarorlarni qabul qildi. Ular orasida quyidagilar bor edi:
O‘zbek, arab, fors va urdu tillarida O‘zbekiston musulmonlari hayotiga oid maqolalar to‘plami va respublikaning diniy maskanlari uchun rasmli qo‘llanmani nashr etish;
SSSRda din erkinligi mavjudligini ko‘rsatish maqsadida xorijiy Sharq mamlakatlari uchun radioeshittirishlar soni va sifatini oshirish;
O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti va O‘rta Osiyo davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetiga sovet O‘rta Osiyosidagi vaziyatga oid xorijiy matbuotda e’lon qilingan barcha materiallarni o‘rganish va respublika rahbariyatini ushbu materiallar mazmunidan xabardor qilish to‘g’risida ko‘rsatma berish;
O‘zbekiston SSR Madaniyat vazirligiga O‘rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy idorasi rahbarlari tomonidan O‘zbekistonda din erkinligi yo‘qligi haqidagi tuhmatlarni fosh etuvchi xat va maqolalarni xorijiy musulmon jurnallariga yuborishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berish;
Markaziy Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy idorasining organi – bezakli jurnalning asosiy tiraji chet elda tarqatilishini inobatga olgan holda nashr etilishini qayta tiklash;
Buxorodagi Mir Arab madrasasida talabalar kontingentini kamaytirgan holda Diniy idoraga 1956 yilda Toshkentda 30 kishilik talabalar kontingentiga ega bo‘lgan diniy maktabni ochishga ruxsat berish;
Diniy idoraga xorijiy ruhoniylar delegatsiyalarini qabul qilish uchun Toshkentda mehmonxona qurishga ruxsat berish;
Arxitektura boshqarmasi tasarrufidagi ba’zi masjid va qabristonlarni Diniy idoraga topshirishga ruxsat berish.
"Бу воқеаларнинг барчаси Шараф Рашидовнинг адабий асарларида ҳам ўз ифодасини топган. 1958 йилда у «Бурондан кучлироқ» романига муаллифлик қилди. Асарнинг эътиборли жиҳати — шеърият ва публицистиканинг органик уйғунлигида бўлиб, муаллиф одамларга, воқеаларга ва ҳодисаларга шахсий баҳосини беради. Шунингдек, 50-йилларнинг иккинчи ярмида Шараф Рашидов гўзаллик, муҳаббат, жасорат ва эркинликни тарғиб этувчи, шу билан бирга яхшилик ва ёмонликнинг абадий қарама-қаршилигига ҳам дахлдор бўлган икки шарқона ривоятни ёзди. Улардан бири — «Кашмир қўшиғи», ҳинд халқи мустамлакачилик зулмидан озодлик учун кураши ҳақидаги асардир."
In the late 1950s, Sharaf Rashidov wrote two oriental legends praising beauty, love, courage, and freedom and telling about the eternal confrontation of good and evil: The Kashmir Song was about the struggle of the Indian people for their liberation from colonial oppression and The Book of Two Hearts about the love between a dancer and a young singer, published in 1956. Good and evil, hatred and love, loyalty and betrayal are reflected in an elegant metaphorical form inspired by the poetics of folklore, a fairy tale that always denies evil and praises the nobility and sublime impulses of the soul.