uz
ru en
MenuChiqib ketish

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

O‘zbekiston SSR oliy soveti prezidiumi (1950 - 1959)

O‘zbekiston SSR oliy soveti prezidiumi (1950 - 1959). MIRZACHO‘LDAGI QO‘RIQ YER VA YANGI SHAHARLAR

YANGI ISHLAB CHIQARISH RЕJALARI

Sh.Rashidovning O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari etib saylanishi O‘zbekiston uchun yangi ishlab chiqarish rejalarini vujudga keltirdi. Urush yillarida barpo etilgan sanoat bazasida 1956 yili O‘zbekiston yangi rekordlarga erishdi: SSSR umumiy ishlab chiqarishida O‘zbekiston paxtaning 70%i, pillaning 50%i, qorako‘lning 35%ini berdi; respubikada gaz qazib olish va sement ishlab chiqarish ikki barobar ko‘paydi. Ushbu yutuqlari uchun O‘zbekiston SSR ikkinchi Lenin ordeni bilan mukofotlandi, 16 000 ga yaqin kolxozchi, mexanizator va partiya rahbarlari orden va medallar bilan taqdirlandi – bu respublika tarixida O‘zbekiston mehnatkashlarining eng yirik mukofotlanishi bo‘ldi.

Aynan 1956 yil avgustda KPSS Markaziy Komitetining “Qozog’iston va O‘zbekistonning Mirzacho‘ldagi 300 000 gektar qo‘riq yerlarini sug’orish va o‘zlashtirish to‘g’risida”gi qarori qabul qilindi. Sharof Rashidov hamisha bu mintaqani respublikada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ulkan imkoniyat deb hisoblagan va shu sababli partiya qarorini qo‘llab-quvvatlagan, uni ijro etishda benuqson harakat qilgan, va qo‘riq yerlarni o‘zlashtirgan yoshlarni haqiqiy qahramonlar deb atagan.

O‘zlashtirilgan yerlarda yangi shaharlar qurila boshlandi: 1957 yilda xaritada Yangiyer shahri paydo bo‘ldi; keyinchalik Sirdaryo – Xavos temir yo‘li unga qo‘shildi; 1958 yilda Navoiy shahriga asos solindi va keyinchalik ushbu yerda kon-metallurgiya kombinati barpo etildi; 1961 yili Guliston shahri paydo bo`ldi va 1963 yildan yangi tashkil qilingan Sirdaryo viloyatining markaziga aylandi. 1965 yilda O`zbekiston oltin sanoatining markazi –Zarafshon shahri tashkil etildi. Sharof Rashidov respublika Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimida ishlab turgan davrda ushbu shaharlar barpo etilishi boshlangan edi.