YURIY ANDROPOV BAHSLI SIYOSIY ARBOBDIR. UNNIG SHAXSIDA MAMLAKATNING IJTIMOIY-SIYOSIY RIVOJLANISHINING O‘SHA PAYTDAGI MURAKKAB HOLATI AKS ETDI. BRЕJNЕVDAN UNGA MЕROS SIFATIDA HAR TOMONLAMA VAYRON BO‘LGAN SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI, MAFKURADAGI TURG’UNLIK, JAMIYAT HAYOTIDAGI PARCHALANISH, AMALDORLAR ORASIDAGI KORRUPTSIYA, AHOLI ORASIDA ICHKILIKBOZLIK VA “KЕLISHUV IQTISODIYOTI” QOLDI.
SSSR KGBsining sobiq raisi Yuriy Andropov o‘zgarishlarni partiya va davlat apparatidagi korruptsiyani tergov qilish orqali partiya elitasining qudratini yo‘q qilishdan boshlashga qaror qildi.
Shunday jinoiy ishlardan biri O‘zbekiston davlat apparati bilan bog’liq edi.
“O‘zbeklar ishini” tergov qilish tashabbuskori Bosh sekretarning o‘zi edi. Odatda, ma’lum sabablardan ikkitasini ajratab ko‘rsatadilar:
Yuriy Andropov Sharof Rashidovni Brejnev bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani uchun yoqtirmasligi va bu ish yordamida uni lavozimidan chetlatish istagi;
akademik Mirzavali Muhammajonovning O‘zbekistondagi nomaqbul vaziyat haqida bergan ko‘plab xabarlari bo‘lib, ularda akademik paxta yetishtirish va qo‘shib yozishdagi butun texnologik zanjirning daladan zavodgacha bo‘lgan mexanizmini ochib berdi.
Jinoyat ishi O‘zbekiston SSR KGB raisi Levon Melkumovning harakatlari tufayli boshlandi.
KPSS Markaziy Komiteti Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limining yangi rahbari Yegor Ligachev ham O‘zbekistondagi korruptsiyaga oid ma’lumotlarni to‘plashda faol ishtirok etdi.
NATIJADA, 1983 YIL FЕVRAL OYIDA KPSS MARKAZIY KOMITЕTI SIYOSIY BYUROSI O‘ZBЕKISTON PAXTA SANOATIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNI TЕRGOV QILISH TO‘G’RISIDA QAROR QABUL QILDI VA SSSR BOSH PROKURATURASIGA TЕRGOV KOMISSIYASINI TUZISH TOPSHIRILDI. KOMISSIYA TЕRGOVCHILAR TЕLMAN GDLYAN VA NIKOLAY IVANOV BOSHCHILIGIDA TASHKIL ETILDI. 1983 YILDA ULAR JINOYAT ISHLARINI TЕRGOV QILISH BO‘YICHA KЕNG KO‘LAMLI FAOLIYATINI BOSHLADILAR VA ULARNI “PAXTA ISHI” DEGAN UMUMIY NOM OSTIDA BIRLASHTIRDILAR.
Birinchi ommaviy hibsga olishlar aprel oyida Buxoroda bo‘lib o‘tdi, ammo tez orada O‘zbekiston partiya va davlat elitasini ommaviy tozalash uchun poligonga aylandi. 1983-1984 yillarda Moskvaning O‘zbekistonda o‘tkazgan qirg’inini hech bir sovet respublikasi boshdan kechirmagan. Ammo amaldorlarning korruptsiya ko‘lami bo‘yicha O‘zbekiston Sovet Ittifoqining boshqa respublikalari va hududlariga nisbatan umuman yetakchi bo‘lmagan.