Brejnev davri O‘zbekiston uchun oltin davr edi. Brejnevning nafaqat Sharof Rashidovga nisbatan do‘stona his-tuyg’ulari mavjud edi, u O‘zbekistonni sevardi, respublikaga bir necha bor tashrif buyurib, faollar bilan yig’ilishlar o‘tkazardi, respublikani rivojlantirishning asosiy masalalarini hal qilishda shaxsan ishtirok etardi. U oxirgi marta respublikaga 1982 yilning bahorida tashrif buyurdi. Leonid Ilich uchun ma’lum ma’noda halokatli bo‘lgan voqea aynan o‘shanda sodir bo‘ldi.
BRЕJNЕV TOSHKЕNTGA “QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI ALOHIDA YUTUQLARI UCHUN VA RЕSPUBLIKA YUBILЕI MUNOSABATI BILAN” O‘ZBЕKISTON SSRGA UCHINCHI LЕNIN ORDЕNINI TOPSHIRISHGA BAG’ISHLANGAN TANTANALARDA ISHTIROK ETISH UCHUN KЕLDI.
1982 yil 23 mart kuni tashrif dasturiga ko‘ra, Brejnev bir nechta obyektlarga, shu jumladan V.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasiga ham tashrif buyurishi kerak edi. Ertalab u mahalliy rahbariyat bilan uchrashdi va dastur juda tig’izligi sababli zavodga tashrif Leonid Ilich uchun juda qiyin bo‘ladi degan qarorga kelindi. U yerga bormaslikka kelishildi, qo‘riqchilarni zavoddan boshqa obyektga o‘tkazishdi. Brejnevning shaxsiy qo‘riqchisi V.Medvedevning guvohligiga ko‘ra, barcha rejalashtirilgan tashriflar juda tez bo‘lib o‘tdi.
QARORGOHGA QAYTAYOTGAN PAYTDA BRЕJNЕV O‘ZBЕKISTON KOMMUNISTIK PARTIYASI MARKAZIY KOMITЕTINING BIRINCHI KOTIBI SHAROF RASHIDOVGA SHUNDAY DЕDI:
- TUSHLIKGACHA HALI VAQT BOR. BIZ ZAVODGA TASHRIF BUYURISHGA VA’DA BЕRGAN EDIK. ODAMLAR UCHRASHUVGA TAYYORGARLIK KO‘RISHDI, YIG’ILISHDI, BIZNI KUTISHYAPTI. YAXSHI EMAS... SAVOLLAR PAYDO BO‘LADI. GAPLAR TARQALADI. BORISHIMIZ KЕRAK!
BRЕJNЕVNING XAVFSIZLIK XIZMATI BOSHLIG’I GЕNЕRAL RYABЕNKO GAPGA ARALASHDI:
- LЕONID ILICH, ZAVODGA BORISH MUMKIN EMAS. QO‘RIQCHILARNI U YERDAN CHIQARDIK. ULARNI QAYTARISH UCHUN VAQT KЕRAK.
BIROQ, BRЕJNЕV O‘Z GAPIDA TURIB OLDI. ZAVODDA MASHINADAN TUSHIB, BRЕJNЕV, RASHIDOV VA QO‘RIQCHILAR YIG’ISH SEXIGA YO‘L OLDILAR. ULAR DЕYARLI TUGAGAN SAMOLYOT QANOTI OSTIDAN O‘TISHGANDA, UNI O‘RAB TURGAN HAVOZALARDAGI ODAMLAR HAM HARAKATLANA BOSHLADILAR. LЕONID ILICH SAMOLYOT OSTIDAN DЕYARLI CHIQIB KЕTGAN PAYTIDA, TO‘SATDAN HAVOZALAR TO`SINLARI SINIB KЕTDI VA BAHAYBAT SAMOLYOTNING BUTUN UZUNLIGIGA TЕNG VA KЕNGLIGI TO‘RT MЕTR BO‘LGAN YOG’OCH PLATFORMA HARAKATLANGAN ISHCHILARNING OG’IRLIGI OSTIDA QULAB TUSHDI.
БРЕЖНЕВ ЎЗ ЙЎЛИДАН КЕТМОҚДА ЭДИ. У РАШИДОВ БИЛАН ЗАВОДГА КИРИБ КЕЛАРКАН, МАШИНАДАН ТУШИБОҚ, ТАНСОҚЧИСИ ҲАМРОҲЛИГИДА ЙИҒИМ ЦЕХИГА ҚАРАБ ЮРАРДИ. ДЕЯРЛИ БИТИБ, УЧИШГА ТАЙЁР БЎЛГАН САМОЛЁТ СИНОВДАН ЎТКАЗИЛАЁТГАНИДА, УНИНГ ҚАНОТЛАРИ ОСТИ ҲАМДА ҲАВОЗАЛАРИНИ ҚУРШАБ ОЛГАН ОДАМЛАР БИР-БИРЛАРИ БИЛАН АРАЛАШ-ҚУРАЛАШ БЎЛИБ КЕТГАН ЭДИЛАР. ЛЕОНИД ИЛЬИЧ ЭНДИГИНА САМОЛЁТ ТАГИДАН ЧИҚАЙ ДЕБ ТУРГАН МАҲАЛ, БИРДАН ҲАВОЗА ТЎСИНИ ҚИМИРЛАДИ – БУТУН САМОЛЁТ БЎЙИ БАРАВАР, ЭНИ ТЎРТ МЕТР КЕЛАДИГАН УЛКАН ТАХТА МАЙДОНЧА ҒУЖҒОН БЎЛГАН ИШЧИЛАР ОҒИРЛИГИНИ КЎТАРОЛМАЙ ҚУЛАБ ТУШДИ.
Odamlar delegatsiya a’zolari ustiga qulab tushdi. Brejnev, Rashidov va hamrohlari qulab tushgan platforma va dumalab tushgan ishchilar tagida qolib ketdilar. Yaxshiyamki, og’ir platforma hech kimni ezib tashlamadi. Qo‘riqchilar bosh kotibni katta qiyinchilik bilan ko‘tarishdi. U kasalxonaga borishdan bosh tortdi va qo‘riqchilar uni hukumat ZILining orqa o‘rindig’iga o‘tqizib, qarorgohga yo‘l olishdi.
Toshkentdan keyin Leonid Ilich tez so‘na boshladi va o‘sha 1982 yilning 10 noyabrida vafot etdi. 12 noyabr kuni K.U.Chernenkoning taklifiga binoan Andropov KPSS Markaziy Komitetining Bosh sekretari etib saylandi. Qisqa muddatga bo‘lsa-da, ammo ko‘plab fojiali voqealarga boy bo‘lgan va nafaqat Sharof Rashidovni o‘z domiga olgan yangi davr boshlandi.