Ijod va partiyada rahbarlik faoliyatining boshlanishi (1945 - 1950). YOZUVCHILAR UYUSHMASI VA ALЕKSANDR FADЕYЕV BILAN DO‘STLIK
Илк китоби – “Qahrim”
1945 yilda uning ilk kitobi – “Qahrim” deb nomlangan she’rlar to`plami nashr etildi. To‘plamga kiritilgan “Shirin fikrlar”, “Qahrim”, “Qasos”, “Do‘stimga xat”, “Qahramon xaqida xotiralar” kabi she’rlarida u frontda qahramonlik ko‘rsatgan sovet kishisining vatanparvarligini madh etadi. “Ular uyalmadilar”, “Agar kelsang”, “Jangga”, “Mening mehnatim” deb nomlangan boshqa she’rlarida esa shiddatli janglar va mehnat maydonlarida toblangan, yangi xislatlar bilan boyib va fashizm ustidan g’alabani yaqinlashtirgan qahramonlar obrazlarini yaratadi. Ushbu to‘plam nashri e’tibordan chetda qolmadi – Rashidov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zoligiga qabul qilindi.
40-yillarda Sh.Rashidov asosan shoir, tanqidchi va jurnalist sifatida faoliyat ko‘rsatdi. U ellikdan ortiq publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan. 1949 yilda “Tarix hukmi” nomi bilan nashr etilgan kitobga kiritilgan “Tarix hukmi”, “Urush chekinmoqda”, “May tongi” publitsistik asarlari bilan muallif tinchlik uchun kurashda bevosita ishtirok etganday bo‘ladi. Sh.Rashidovning ijodiy uslubi she’riy shaklning xususiyatlari va o‘tkir publitsistikani erkin birlashtirganligi bilan belgilanadi. Ushbu iste’dod tufayli Sharof Rashidov tezda sovet kitobxonlariga keng tanildi va ko‘plab sovet yozuvchilari bilan do`stona munosabat o`rnatdi. Ular orasida o‘sha yillarda SSSR Yozuvchilar uyushmasini boshqargan va Butunittifoq tinchlik kengashi vitse-prezidenti bo‘lgan Aleksandr Fadeyev ham bor edi. Keyinchalik Sharof Rashidov Fadeyevni adabiyot masalalarida ustozlaridan biri deb tan oladi.
"РУС АДИБИ АЛЕКСАНДР ФАДЕЕВНИНГ “ТОР-МОР” НОМЛИ АСАРИ ЎЗБЕК ТИЛИГА ТАРЖИМА ҚИЛИНГАН. МАКСИМ ГОРЬКИЙНИНГ АЖОЙИБ АСАРЛАРИ СИНГАРИ, БУ РОМАН ҲАМ МЕНИНГ СЕВИМЛИ МАЪНАВИЙ МУЛКИМГА АЙЛАНДИ. ЛЕВИНСОННИНГ ЖАСУР ВА БУКИЛМАС ХАРАКТЕРИ, УНИНГ ИНҚИЛОБ ИШИГА ЧЕКСИЗ САДОҚАТИ, ОПТИМИЗМИ, ҚАТЪИЙ ВА ТАҲЛИЛ ҚИЛА ОЛАДИГАН ТАФАККУРИ, ЎЗИГА НИСБАТАН ЮҚОРИ ТАЛАБЧАНЛИГИ – БУЛАРНИНГ БАРЧАСИ МЕНДА ҲАЙРАТ УЙҒОТДИ, ШУНДАЙ ИНСОН БЎЛИШ ИСТАГИНИ ТУҒДИРДИ. ЧУНКИ УНИНГ МАЪНАВИЙ ҚИЁФАСИ КОММУНИЗМНИНГ ЁРУҒ ҒОЯЛАРИ УЧУН ОЛИБ БОРИЛГАН ШИДДАТЛИ КУРАШ ЖАРАЁНИДА ШАКЛЛАНГАН”, ДЕБ ЭЪТИРОФ ЭТГАН ЭДИ КЕЙИНЧАЛИК ШАРОФ РАШИДОВ."



