Ijod va partiyada rahbarlik faoliyatining boshlanishi (1945 - 1950). IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLIYAT
"Хурмат белгиси" ордени
Farhod GESi qurilishi yakunlangach, Sharof Rashidov “Hurmat belgisi” ordeni bilan taqdirlandi va O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand oblast komiteti sekretari lavozimiga saylandi.
Bu lavozimda Sharof Rashidov kadrlar masalalari bilan shug’ullanib, mohir rahbar ekanligini isbotladi. U telefon orqali ishlarni yuritishni afzal ko‘rmasdi va tez-tez xizmat safarlariga borardi, – jurnalistik odatidan kelib chiqib, u doimo voqealar markazida bo‘lishga harakat qilardi, O‘zbekistondagi barcha muhim qurilishlarga tashrif buyurar va turli kasb egalari bilan ko‘p suhbatlashardi. U oddiy odamlarni yaxshi ko‘rardi va ularga intilardi, odamlar ham unga xuddi shunday muomalada bo‘lishardi. Sharof Rashidov partiya rahbarlari orasida ajralib turardi va oddiy odamlarning e`tiborini o‘ziga tortardi.



