Yoshlik (1917 - 1941). PEDAGOGIKA TEXNIKUMI
30-yillari SSSRda xalq ta'limi sohasidagi davlat dasturini amalga oshirish davom etdi – 1930 yil 14 avgustda SSSR Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Sovetining “Umumiy majburiy boshlang’ich ta'lim to‘g’risida” qarori e'lon qilinib, hamma joyda 8-10 yoshli, shaharlarda esa 7 yoshli bolalar uchun umumiy majburiy boshlang’ich ta'lim joriy etildi va butun mamlakat bo‘ylab yangi maktablar ochildi. O‘qituvchilar soni ham o‘sdi – pedagog kasbi eng obro‘li va talabga ega kasblardan biri hisoblanardi.
PEDAGOG KASBI
Sharof Rashidov 1933 yilda maktabni tugatgach, pedagogika texnikumida o‘qishni davom ettirish istagini bildirdi. U o‘z tanlovini bolalarni ona tili, adabiyot, tarix, va xalq an'analariga mehr-muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash istagi bilan izohladi.
Jizzax Pedagogika kollejida o‘qish Sharof Rashidov uchun maktabda o‘qish singari oson bo‘ldi. U tezda o‘zini eng yaxshi o‘quvchi sifatida ko‘rsatdi, yetakchilik fazilatlarini namoyon etdi va gazetalarda she'rlar va maqolalar nashr etdi. Shuningdek, Sharof Rashidov o‘z tarjimai holida Jizzax pedagogika texnikumida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, keyinchalik komsomol tashkiloti kotibi bo‘lganini yozib o‘tgan.



