1953 yil 5 mart kuni I.V.Stalin Moskvada vafot etdi, N.S.Xrushchyov KPSS Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimini egalladi. Xrushchyovning “iliqlik davri" va SSSR tarixida ko‘p jihatdan Sharqqa yo‘naltirilgan yangi bosqich boshlandi. Mustamlaka qaramligidan ozod bo‘lgan Osiyo va Afrika mamlakatlari o‘zlariga ittifoqchilar tanlashdi va hokimiyatga kelgan N.S.Xrushchyov, ularga SSSR yordamini taklif qildi.
1951 YILI TOSHKЕNTDA HINDISTON DЕLЕGATSIYASINI QABUL QILISH CHOG’IDA O‘ZINI MOHIR DIPLOMAT SIFATIDA KO‘RSATGAN SHAROF RASHIDOV SSSR VA SHARQ MAMLAKATLARI XALQARO MUNOSABATLARIDA ALOHIDA ROL O‘YNADI.
Bu sohada Sharof Rashidovning nafaqat partiya rahbari, balki yozuvchi, o‘qituvchi va diplomat sifatidagi tajribasi ham foyda berdi. Turli davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar chog’ida u tarix o‘qituvchisi va yozuvchilik bilimlaridan foydalanib, rasmiy mavzudagi suhbatlardan kundalik ishlarga osongina o‘tardi. U davlat rahbarlari bilan uchrashgan chog’ida ushbu mamlaktlar tarixidagi faktlarni osongina qo‘llar, bu faktlardan bemalol foydalanar va ularni sodda darajada emas, balki professional tarzda taqdim etardi va shu bilan suhbatdoshlarini avval hayratda qoldirib, keyin esa to‘liq zavqlantirardi. Bunday suhbatlar yordamida u o‘ziga quruq rasmiy munosabatda bo‘lgan insonlarni ham ochiq suhbatga jalb qilardi.
ШАРОФ РАШИДОВНИНГ ДИПЛОМАТ СИФАТИДАГИ ФАОЛИЯТИ НАФАҚАТ ЎЗБЕКИСТОН ХАЛҚИ, БАЛКИ 1955 ЙИЛЛАРДА СОБИҚ СССР МАНФААТЛАРИГА ҲАМ ХИЗМАТ ҚИЛДИ. У СССР ДЕЛЕГАЦИЯСИ ТАРКИБИДА ЖАНУБИ-ШАРҚИЙ ОСИЁ ВА ЯҚИН ШАРҚ МАМЛАКАТЛАРИДА БЎЛИБ ҚАЙТДИ.
Aynan 1955 yili Hindistonga tashrif chog’ida SSSR siyosat arboblari sovet mutaxassislari tomonidan bir nechta korxonalar qurish to‘g’risida shartnoma imzoladilar va ular orasida Hindistonda birinchi bo‘lgan Bxilayi metallurgiya zavodi ham bor edi. Bundan tashqari, aynan SSSRdagi eng nufuzli Osiyo respublikasi hisoblangan O‘zbekistonga Hindiston yo‘nalishida alohida o‘rin berildi.
Shuningdek, 1955 yili sovet delegatsiyasining Afg’onistonga tashrifi chog’ida olib borilgan muzokaralar natijasida bir qator bitimlar, jumladan SSSR va Afg’oniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi va to‘lovlar to‘g’risida, Qobul non kombinatini qurishda yordam berish to‘g’risida, shuningdek, irrigatsiya, gidroenergetika va transport inshootlari to‘g’risidagi bitimlar imzolandi.
1956 yilda, shuningdek, Moskva tashabbusi bilan va SSSR Ministrlar Soveti raisining birinchi o‘rinbosari Anastas Mikoyan boshchiligidagi delegatsiyasi tarkibida Sharof Rashidov ikki hafta ichida birdaniga oltita mamlakatga: Pokiston, Hindiston, Birma, Vetnam, Xitoy va Mo‘g’ulistonga tashrif buyurdi. Moskvaga qaytib, Anastas Mikoyan Sharof Rashidovning shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlarini yuqori baholadi. Anastas Mikoyan va Sharof Rashidovning ilgari, 1955 yilda Birmaga amalga oshirgan yana bir muvaffaqiyatli tashrifi chog’ida Sovet Ittifoqi tomonidan bir qator sanoat ob`yektlarini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
SHAROF RASHIDOVNING OBRO‘SI NAFAQAT MOSKVADA O‘SDI. O‘ZBЕKISTONGA TOBORA KO‘PROQ XORIJIY DAVLATLAR VAKILLARI SAFAR QILISHDI – BIR YARIM YIL DAVOMIDA RЕSPUBLIKAGA XITOY, SURIYA, INDONЕZIYA, MISR, NORVЕGIYA, GOLLANDIYA, AQSH, ANGLIYA, URUGVAY, ARGЕNTINA, GERMANIYA DEMOKRATIK RESPUBLIKASI (GDR), CHЕXOSLOVAKIYA VA BOSHQA MAMLAKATLAR VAKILLARI TASHRIF BUYURISHDI. SHUNINGDЕK, SHVЕTSIYA, ERON, GDR, DANIYA, POKISTON, NORVЕGIYA VA KOREYA XALQ DEMOKRATIK RESPUBLIKASI (KXDR) PARLAMЕNT DЕLЕGATSIYALARI HAM O‘ZBЕKISTONGA TASHRIF BUYURISHDI. SHUNDAY QILIB, SHAROF RASHIDOV CHЕT ELLARDA HAM HURMATGA EGA VA TANIQLI SHAXSGA AYLANDI.