RЕSPUBLIKA OLIY SOVЕTI PRЕZIDIUMI RAISI LAVOZIMIDAGI DASTLABKI BIR NЕCHA YIL SHAROF RASHIDOV UCHUN OSON KЕCHMADI – 1950-YILLAR BOSHIDA O‘ZBЕKISTONNING IJODKOR ZIYOLILARI VAKILLARIGA QARSHI QATAG’ON TO‘LQINI AVJ OLDI.
Respublikaning aksariyat rahbarlari orasida Sharof Rashidov o‘zining afzal jihatlari bilan ajralib turardi – u doimo kitob o‘qir, katta bilimga va odamlar bilan osongina yaqinlashish qobiliyatiga ega edi. Bu nafaqat uning keng dunyoqarashi va har qanday mavzudagi suhbatni davom ettirish qobiliyati bilan, balki suhbatdoshiga nisbatan xushmuomalalik va hurmat hissi bilan izohlanardi. Rashidov har qanday muhitda o‘ziga ishonar edi. Respublika rahbari sifatida uning suhbatdoshlari doirasi juda keng – oddiy dehqonlar va zavod direktorlaridan tortib, to xalq artistlari va taniqli sportchilargacha bor edi. Uni Moskvada qadrlashar, o`z xalqining esa muhabbati yuksak edi.
Sharof Rashidov raqiblarga qarshi kurashish va ijodkor ziyolilarni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, o‘z e’tiborini sanoatni rivojlantirishga ham qaratdi. Uning sa’y-harakatlari tufayli 1953 yilda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Ittifoq respublikalari orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Respublikadan dunyoning 44 ta mamlakatiga qishloq xo‘jaligi texnikasi, kimyo uskunalari, kompressor qurilmalari va sanoatning turli sohalaridagi boshqa mahsulotlar eksport qilinardi.