uz
ru en
MenuChiqib ketish

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Onlayn muzey sharaf Rashidov nomidagi xalqaro jamg‘arma ko‘magida tashkil etilgan.

Sharof Rashidov — favqulodda qiyin yillarda respublikani boshqargan taniqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi

O‘zbekiston SSR oliy soveti prezidiumi (1950 - 1959)

O‘zbekiston SSR oliy soveti prezidiumi (1950 - 1959). SHAROF RASHIDOV – O‘ZBЕKISTON SSR OLIY SOVЕTI PRЕZIDIUMI RAISI

YOZUVCHILAR UYUSHMASI BOSHQARUVI RAISI

Sharof Rashidov 1949–1950 yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi lavozimida ishladi. Uning oilasi shunga aminki, garchi “siyosiy mavqei jadal o‘sgan bo‘lsa-da, u iste’dodi bo‘yicha yozuvchi edi”. Ammo u jurnalist, publitsist va yozuvchi sifatida o‘sib, rivojlanib borishi bilan bir vaqtda siyosatchi sifatida ham o‘sdi va rivojlandi. Bu uyg’unlik Rashidov shaxsi bilan bog’liq va uning qalb qo‘ridan o‘rin olgan edi. U O‘zbekistonning haqiqiy vatanparvari edi – hech qachon o‘z vataniga, uning shonli kelajagiga ishonchini yo‘qotmagan.

SHAROF RASHIDOV QIRQ YILLIK ADABIY FAOLIYATI DAVOMIDA O‘NLAB SHЕ’RLAR, HIKOYALAR, ADABIY-TANQIDIY, PUBLITSISTIK VA BADIIY MAQOLALAR, YIRIK NASRIY ASARLAR YARATGAN. SHAROF RASHIDOVNING RUS VA O‘ZBЕK TILLARIDA NASHR ETILGAN KITOBLARINING TIRAJI BIR NЕCHA MILLION NUSXANI TASHKIL ETADI.
UNING ADABIY YUTUQLARI E’TIBORDAN CHETDA QOLMADI: 1951 YILDA O‘ZBEK SOVET ADABIYOTI VA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDAGI XIZMATLARI UCHUN U MEHNAT QIZIL BAYROQ ORDENI BILAN TAQDIRLANDI.
“ЧЎҚҚИЛАРИ ОСМОН БИЛАН ЎПИШГАН ТОҒЛАР ЭТАГИДАН ҚАЙНАБ ЧИҚҚАН ЗИЛОЛ СУВ КЎЗ ИЛҒАМАС ИРМОҚЛАР, БУЛОҚЛАР, СОЙЛАР ВА ЖИЛҒАЛАРГА КЕЛИБ ҚЎШИЛАВЕРАДИ ВА ШУ КЎЙИ УЛУҒ ДАРЁ ҲОСИЛ БЎЛАДИ. КЕЧА-КУНДУЗ ТИНИМ ТИНИМ БИЛМАГАН БУ ДАРЁ ҲАМИША ТЎЛҚИН УРИБ ОҚАДИ, ЙЎЛ-ЙЎЛАКАЙ СУВИГА СУВ, КУЧИГА КУЧ, ҚУДРАТИГА ҚУДРАТ, ЧИРОЙИГА ЧИРОЙ ҚЎШИЛИБ ЭЛНИ БАҲРАМАНД ҚИЛАДИ”.
Шароф Рашидовнинг энг кўп ададда нашр қилинган “Кашмир қўшиғи” қиссасидан келтирилган ушбу парчада муаллифнинг кейинчалик давлат раҳбари сифатида фаолият юритиши билан боғлиқ кечинмаларига гўёки ишора бордек туюлади.

O‘ZBЕKISTON SSR OLIY SOVЕTI PRЕZIDIUMI RAISI

Bir yildan sal ko‘proq vaqt davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Sharof Rashidov 1950 yil yozida O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi etib saylandi. Bu lavozim partiya-davlat iyerarxiyasida O‘zbekiston Kommunistik partiya Markaziy Komitetining birinchi sekretari va Ministrlar Soveti raisidan keyingi uchinchi muhim lavozim edi.
Turli manbalarda o‘sha davrdagi munosabatlar tizimi turlicha talqin qilinadi. Ba’zilar Sharof Rashidovning tayinlanishini hokimiyat tizimidagi o‘zgarishlar bilan bog’liq deb hisoblashadi – I.V.Stalin respublika rahbariyatini to‘liq o‘zgartirishga qaror qilgan va ular Sharof Rashidov Respublika Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimiga partiya a’zosi bo‘lgan boshqa jamoat arboblariga nisbatan ko‘proq mos kelardi, degan fikrni ilgari suradilar.
Boshqa tahminga ko‘ra, Sharof Rashidovning Respublika Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimiga tayinlanishi uning partiyaviy faoliyati va o‘sha paytda hali ham O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari lavozimni egallagan Usmon Yusupov bilan munosabatlarining mantiqiy davomi edi. Aynan U.Yusupov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti plenumida Rashidovni Markaziy Komitet byuro a’zosi etib saylash taklifi bilan chiqqan va keyinchalik uni Respublika Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimiga tavsiya etgan.
USHBU TAXMINLARNING QAYSI BIRI HAQIQATGA YAQINROQ EKANLIGINI ANIQ AYTISH QIYIN – ULARNING BARCHASI SIYOSATCHILAR VA JAMOAT ARBOBLARINING NORASMIY XOTIRALARIGA ASOSLANGAN. HAR HOLDA, 1950 YILDA RЕSPUBLIKA OLIY SOVЕTI PRЕZIDIUMI RAISI SIFATIDA SHAROF RASHIDOV HAYOTIDA YANGI BOSQICH BOSHLANDI.