Politik va Diplomat (1965 - 1970). SHAROF RASHIDOVNING 1965-1970 YILLARDAGI FAOLIYATI
O‘zbekiston doimo uning o‘y-xayoli va fikrlarining o‘zagini tashkil etadi. U hatto eng ulug’vor rejalarini ham respublika farovonligi, moddiy va ma’naviy tashvishlariga bo‘ysundirdi. Yuqori davlat va partiya lavozimlariga intilgan bo‘lsa, – bu o‘zini siyosiy faoliyatga bag’ishlagan va tegishli intellektual va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan odam uchun tabiiydir – shu fazilatlardan o‘z xalqining manfaati uchun boshqalardan yaxshiroq foydalana olishiga ishongani uchun edi. Bunday ishonch uchun albatta yetarli asoslar mavjud edi.

MANSAB PILLAPOYASI BO`YLAB TЕZ KO‘TARILISH
Sharof Rashidov 1944 yilda O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand oblast partiya komitetining sekretari etib saylanib, uch yil shu lavozimda ishladi. Bu vaqtga kelib u keng dunyoqarashiga, rivojlanish istiqbollarini ko‘ra oladigan boy siyosiy tajribaga ega bo‘ldi. U nafaqat aqli va qalbi bilan respublika oldida turgan ulkan vazifalarni angladi, balki ularni amalga oshirishga tayyor ham edi. Shuning uchun uning lavozim pillapoyalari bo`ylab tez ko‘tarilishi hayratlanarli yoki g’ayrioddiy holat emas. 1949-1950 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi sifatida ishladi. 1950-1959 yillarda u O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisining o‘rinbosari lavozimida ish yuritdi, 1959 yil mart oyida esa O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari etib saylandi.
Uning bu lavozimga saylanishi oddiy va silliq bo‘lmaganligini ta’kidlash lozim. Biroq, o‘zining yangi mas’uliyatli lavozimida Sharof Rashidovich avval boshdanoq o‘zini tajribali rahbar sifatida namoyon qildi va KPSS markaziy rahbariyati bilan munosabatlarda ham, respublikadagi hamkasblari bilan munosabatlarda ham siyosiy qobiliyatini ko‘rsatdi.
RASHIDOV N.S. XRUSHCHYOV BOSHQARUVI DAVRIDA RЕSPUBLIKADAGI OLIY PARTIYA LAVOZIMIGA SAYLANDI. SHU PAYTDA XRUSHCHYOV STALIN SHAXSIGA SIG’INISHNI FOSH QILIB, SOTSIALISTIK DAVLAT POYDЕVORIGA OXIR-OQIBATDA HALOKATLI BO‘LIB CHIQQAN BIRINCHI QATTIQ ZARBANI BЕRDI
Bunga qo‘shimcha qilib shuni aytishimiz lozimki, butun mamlakatni qamrab olgan kasallikka, shu jumladan korruptsiyaga qarshi kurash sharoit talab qilganidek barcha jabhada emas, balki tanlab va noxolis olib borildi. Bu hol O‘zbekiston va uning partiya rahbari Sharof Rashidov taqdirida halokatli rol o‘ynadi.
1985 yili hokimiyatga kelgan Gorbachyov “qayta qurish” deb nomlangan tizimli islohotlar orqali mamlakatni inqirozdan olib chiqish mumkinligiga hali ham umid qilardi. Xuddi samolyot pastga sho‘ng’iganidek, mamlakat “qayta qurish”ga sho‘ng’idi va undan chiqa olmay, tezda tarkibiy qismlariga ajralib ketdi. Ammo Sharof Rashidov bularning barchasini ko‘rmadi. Ehtimol, uning uchun shunday bo‘lgani yaxshidir.