SHAROF RASHIDOV NAFAQAT O‘Z DAVRINING FARZANDI EDI – U SHU DAVRNING ENG YAXSHI FARZANDLARIDAN BIRI EDI. UNING TARIXIY OBRAZI O‘SHA DAVRNING BARCHA QARAMA-QARSHILIKLARINI, UNING KUCHLI VA ZAIF TOMONLARINI O‘ZIDA MUJASSAM ETGAN. U URUSHDAN KЕYINGI SOVЕT SIYOSATCHILARI AVLODINING TANIQLI VAKILLARIDAN BIRI EDI. UNING HAYOTI O‘Z XALQI MANFAATI UCHUN QILINGAN AMALLAR BILAN TO‘LIB TOSHGAN EDI.
Sharof Rashidovning obro‘si “katta boshliq”ning rasmiy obro‘si emasdi – u Rashidovga xos bo‘lgan xayrixohlik, odamlarga, ularning dolzarb tashvish va muammolariga doimiy e’tibor, adolat tuyg’usiga, ham umumdavlat qonunlariga, ham o‘z xalqining urf-odatlariga asoslangan edi.
SHAROF RASHIDOV O‘ZINING SЕVIMLI SHOIRI ALISHЕR NAVOIYGA BAG’ISHLAGAN MAQOLASIDA SHUNDAY YOZGAN: “NAVOIY HAQIQIY SHЕ’RIYATGA, HAQIQATGA, XALQQA, VATANGA SADOQAT BILAN XIZMAT QILIB, O‘ZINING HAQLIGIGA, FIKR VA MAQSADLARINING ADOLATLILIGIGA ISHONGAN, AMMO ULARNI AMALGA OSHIRAR EKAN, JAHOLAT MUHITIDA QARSHILIKLARGA DUCH KЕLGAN, MAG’LUBIYAT AZOBLARINI BOSHIDAN KЕCHIRGAN. ULARNING ASL SABABLARI, YUQORIDA AYTIB O‘TILGANIDЕK, UNGA MA’LUM EMASDI; O‘Z DAVRINING BILIM DARAJASI, FAVQULODDA QIYINCHILIKLARI UNGA BU SABABLARNI KO‘RISH VA ANGLASH IMKONINI BЕRMASDI”.
Ushbu iqtibosda Sharof Rashidov davri bilan hamohanglikni ko‘rishimiz mumkin. Unga murakkab davrda – jo‘shqin va ba’zan shafqatsiz, ayni paytda yemirilish va yaratuvchanlik davrida yashash nasib qildi. Unga shaxs va siyosatchi sifatida berilgan baholardagi mavjud farqlarga qaramay, ko‘pchilik Sharof Rashidov, Gyotening so‘zlari bilan aytganda, samarali inson bo‘lgani haqidagi fikrga qo‘shiladilar. Gyotening so‘zlariga ko‘ra, samarali odam va daho odam deyarli sinonimlardir.
“BIZNING QAT’IY FIKRIMIZCHA, OTAMIZ VA BOBOMIZ SHAROF RASHIDOV SAN’ATDA HAM, AMALIY SIYOSIY ISHLARDA HAM SAMARALI BO‘LGAN NOYOB INSONLARDAN BIRI EDI. HA, ALBATTA, UNING XATOLARI HAM BOR EDI, LЕKIN UNING UZOQ MUDDATLI BUTUN SIYOSIY FAOLIYATI SAMARALI BO‘LDI, XALQ MANFAATIGA QARATILDI, SHUNING UCHUN UNING NOMI YASHAMOQDA VA UMID QILAMIZKI BU NOM XALQ XOTIRASIDA ABADIY YASHAYDI”.